Britaniya Usmonovning jiyanlari va 30 ga yaqin rossiyalik gubernatorga sanksiya kiritdi

Olam

image

Buyuk Britaniya Rossiyaning bir qator viloyatlari rahbarlari, Rossiya Adliya vaziri Konstantin Chuychenko, uning o‘rinbosari Oleg Sviridenko, DXR hukumati rahbari Vitaliy Xotsenko va LXR hukumati raisi birinchi o‘rinbosari Vladislav Kuznetsovga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bugun, 26 iyul kuni yangilangan qora ro‘yxat 42 pozitsiyaga ko‘paygan.

Britaniyaning shaxsiy sanksiyalari ro‘yxatiga Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov, Bryansk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomaz, Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoit, Nijniy Novgorod viloyati gubernatori Gleb Nikitin, Samara viloyati gubernatori Dmitriy Azarov, Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko, Tyumen viloyati gubernatori Aleksandr Mur, Sverdlov viloyati gubernator Yevgeniy  Kuyvashev, Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov, Vladimir viloyati gubernatori Aleksandr Avdeyev, Orenburg viloyati gubernatori Denis Pasler, Volgograd viloyati gubernatori Andrey Bocharov, Kaluga viloyati gubernatori Vladislav Shapsha, Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusev, Amur viloyati gubernatori Vasiliy Orlov, Amur viloyati gubernatori Vasiliy Orlov, Lipetsk viloyati gubernatori Igor Artamonov, Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori Aleksandr Uss, Oltoy o‘lkas gubernatori Viktor Tomenko, Stavropol o‘lkasi gubernatori Vladimir Vladimirov, Sevastopol o‘lkasi gubernatori Mixail Razvojayev, Vologda viloyati gubernatori Oleg Kuvshinnikov, Yamalo-Nenets avtonom okrugi rahbari Dmitriy Artyuxov, Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirov, Chuvashiston rahbari Oleg Nikolayev, Komi Respublikasi rahbari Vladimir Uyba, Saxa Respublikasi (Yoqutiston) rahbari Aysen Nikolayev, Tambov viloyati ma’muriyati rahbari vazifasini bajaruvchi Maksim Yegorov va Saratov viloyati gubernatori v.v.b. Roman Busargin kirgan.

Ro‘yxatdagilarning Buyuk Britaniyaga kirishi taqiqlandi, shuningdek, agarda mamlakatda ularning aktivlari topilsa, muzlatib qo‘yiladi.

Taqiqqa uchraganlar ro‘yxatiga tadbirkor Alisher Usmonovning jiyanlari Sarvar va Sanjar Ismoilovlar hamda vatanidagi mol-mulki hibsga olingan britaniyalik jurnalist va bloger Grem Fillips ham bor.

Shuningdek, “Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan harakatlar yoki siyosatni qo‘llab-quvvatlayotgan”, Ukraina mojarosida Rossiya Federatsiyasi tomonida jang qilishga tayyor bo‘lgan jangchilarni yollagan Suriyaning “As-Sayyad” xavfsizlik kompaniyasi va uning rahbariga nisbatan ham cheklovlar joriy etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya sanktsiya Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing