Britaniya Ukrainaga rekord darajadagi harbiy yordam paketini uzatadi
Olam
−
12 may
8659Buyuk Britaniya Ukrainaga urush boshlanganidan beri eng katta harbiy yordam paketini taqdim etadi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi kecha, 11 may kuni X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yordamning navbatdagi partiyasi to‘rt million o‘q-dori, 1600 dan ortiq zarba beruvchi va zenit-raketalar, shuningdek, 400 ta texnika, jumladan, 162 ta zirhli texnika va 78 ta yer usti texnikasidan iborat bo‘ladi.
O‘z navbatida, Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari, bu davlatga siyosiy, harbiy va iqtisodiy yordam ko‘rsatish borasida kelishib olgani ma’lum bo‘lgan. “Welt am Sonntag” haftalik gazetasi qo‘lga kiritgan hujjatga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga yangi hujumlar sodir bo‘lgan taqdirda Kiyev bilan zudlik bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilishini kafolatlaydi. Shu bilan birga, yangi hujumlar sodir bo‘lgan taqdirda Ukraina armiyasi tomonida yevropalik askarlarning ishtiroki bilvosita istisno qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 10 may kuni Rossiya harbiylarining Xarkov viloyati chegarasiga hujumi boshlangandi. Prezident Vladimir Zelenskiy G‘arbdagi hamkorlarini Ukraina himoyachilariga va’da qilingan qurollarni o‘z vaqtida yetkazib berishda qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga chaqirdi. AQSH Prezidenti Jo Bayden esa Kiyevga 400 million dollargacha harbiy yordam ajratish haqidagi farmonni imzoladi. Shuningdek, AQSH Davlat departamenti Ukrainaga uchta HIMARS qurilmasini zudlik bilan sotishga ruxsat berdi.
LiveBarchasi