Britaniya Ukrainada yo‘q qilingan Rossiya tanklarini tekshirmoqda

Olam

image

Ukrainadagi janglarda ishdan chiqqan bir necha Rossiya tanklari Buyuk Britaniyaga keltirildi va harbiy ekspertlar tomonidan o‘rganilmoqda. Bu haqda bugun, 18 iyul kuni Britaniya Qurolli kuchlari mudofaa shtabi boshlig‘i admiral Entoni Radakinga tayanib, “The Daily Telegraph” gazetasi xabar berdi.

“Bu juda muhim, chunki biz Rossiyadan yoki boshqa davlatdan mamlakatlarimiz uchun xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan asbob-uskunalar qo‘limizga tushganda, bir-birimiz bilan ma’lumot almashadigan davlatlar guruhidamiz. Bizda ishlaydigan olimlar professional darajada boshqa davlat foydalanishi mumkin bo‘lgan har bir kichik detalni tahlil qiladi. Bu bizga chet el texnologiyasining ishlashi, unga qarshi turish, zirhni samaraliroq qilish, ularning aloqa tizimlarini qanday buzishimiz mumkinligini tushunishga yordam beradi”, deydi Entoni Radakin.

Qayd etilishicha, Rossiya uskunalari kimyoviy va biologik qurollarni o‘rganishga ixtisoslashgan Porton-Daun texnoparki hududidagi harbiy ilmiy-texnik laboratoriya xodimlariga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Britaniya tank

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing