Britaniya TIVning yangi rahbari Isroil va Falastinga bordi
Olam
−
15 iyul
3387Britaniyaning yangi Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi Isroil va Falastinda bo‘lib rasmiylar bilan uchrashdi. Bu haqda uning o‘zi X’dagi sahifasida yozdi.
Lemmi Quddusda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Ramallohda Falastin Bosh vaziri Muhammad Mustafo bilan uchrashgan.
“G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish, barcha garovga olinganlarni ozod qilish kerak”, deb yozgan Devid Lemmi.
TIV rahbarining ta’kidlashicha, tinch aholini himoya qilish va G‘azo sektoriga cheklanmagan gumanitar yordam yetkazishdan tashqari, ikki davlat asosidagi yechimga yo‘l kerak.
Eslatib o‘tamiz, shu oy boshidagi saylovda g‘alaba qozongan konservatorlarning yangi hukumatida ilk bor ajdodlari qul bo‘lgan shaxs Tashqi ishlar vaziri etib tayinlangandi. Oldinroq vazir Lemmi Britaniya Ukrainani Rossiya hujumlaridan himoya qilishda davom etish niyatida ekanligini bildirgandi.
Azizbek Eshmamatov
LiveBarchasi