Britaniya Rossiyadan voz kechgan milliarderni “qora ro‘yxat”idan o‘chirdi
Olam
−
06 mart
6848Rossiya fuqaroligidan voz kechgan milliarder Igor Makarov Britaniyaning sanksiyalar ro‘yxatidan o‘chirildi. Bu haqda Buyuk Britaniya g‘aznachiligi e’lon qilgan hujjatga tayanib, TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, Britaniya Moliya vazirligining bunday qarorga kelish sabablari oshkor qilinmagan. Bungacha qirollik rossiyalik tadbirkor Oleg Tinkov va “Otkritiye” banki boshqaruvi a’zolaridan biri sifatida qora ro‘yxatga kiritilgan Sergey Stogniyenkoga nisbatan ilgari joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilgandi.
"Igor Makarov ro‘yxatdan chiqarildi. Endi unga nisbatan aktivlarni musodara qilish va ishonchli xizmatlarni ko‘rsatishni taqiqlash bilan bog‘liq jazolar qo‘llanilmaydi", deyiladi bayonotda.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi