Britaniya Markaziy Osiyo orqali Rossiyaga harbiy texnika eksport qilmoqda – “Sky News”
Olam
−
22 fevral
14441Britaniya kompaniyalari Rossiyaga yuzlab million funtlik asbob-uskunalar va mexanizmlarni eksport qilmoqda. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.
Nashrning qayd etishicha, tovarlar, dron uskunalari, optik materiallar va og‘ir texnikalar Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, Qirg‘iziston, Armaniston, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarga jo‘natilmoqda. U yerdan esa mazkur jihozlar Rossiyaga yo‘naltiriladi.
Raqamlar shuni ko‘rsatadiki, Ukrainada ikki yil avval boshlangan urushdan so‘ng savdo sanksiyalari joriy etilgach, Rossiyaga tovar oqimi keskin qisqarganiga qaramay, Britaniyaning katta hajmdagi nozik “ikki maqsadli” tovarlari hamon Moskvaga yo‘l olmoqda. Bu esa Rossiya armiyasini Ukrainaga qarshi qo‘llayotgan qurollar uchun ehtiyot qismlar va jihozlar bilan ta’minlashga yordam beradi.
Sanksiyalar qo‘llanilganidan keyin Britaniya tovarlarining Rossiyaga o‘tishi 74 foizga kamaydi. Rossiyaga kelayotgan eksportning katta qismi oziq-ovqat, tibbiy buyumlar va boshqa gumanitar tovarlardir. Og‘ir texnika, elektr jihozlari va avtomobillar oqimi deyarli nolga tushdi.
Britaniya hukumati vakili esa yirik iqtisodiyotga nisbatan joriy qilingan eng jiddiy iqtisodiy sanksiyalar paketi kiritilganini va bu raqamlar sanksiyalar rejimining nihoyatda muvaffaqiyatli bo‘lganini anglatishini aytdi.
Biroq, Buyuk Britaniyaning rasmiy savdo statistikasini obdon o‘rganish muqobil ob’ektivni taqdim etadi.
Ular Buyuk Britaniyaning Rossiyaga eksporti keskin pasaygan bo‘lsa-da, mamlakatning bir qator sobiq sovet davlatlariga – O‘zbekistondan Gruziyagacha – misli ko‘rilmagan darajada o‘sganini ko‘rsatadi.
Qayd etilishicha, Britaniyaning Qirg‘izistonga eksporti 1100 foizdan oshiqroq sur’atda o‘sgan. Ushbu eksportda og‘ir mashinalar va transport vositalari ustunlik qiladi, chunki endi ularni to‘g‘ridan to‘g‘ri Rossiyaga jo‘natib bo‘lmaydi.
IFF moliya institutining sobiq bosh iqtisodchisi Robin Bruksning aytishicha, boshqa Yevropa davlatlari, xususan, Germaniya va Polsha ham Kavkaz, Markaziy Yevropa va Osiyo davlatlari orqali Rossiyaga katta hajmdagi asbob-uskunalarni jo‘natish bilan bir qancha vaqtdan beri shug‘ullanib kelmoqda.
“Ular mana shu Markaziy Osiyo davlatlarining biridan buyurtma olayotgani aniq”, deydi ekspert.
Rasmiylarning aytishicha, ular doimiy ravishda Buyuk Britaniyaning sanksiyalar rejimini kuchaytirishga harakat qilmoqda.
“Yaqinda biz sanksiyalarni kuchaytirish uchun yangi Savdo sanksiyalarini qo‘llash idorasi tashkil etilganini e’lon qildik. Ushbu qattiq sanksiyalarga rioya qilmaslik jiddiy jinoyat hisoblanadi va katta moliyaviy jarimalar yoki jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi", deydi ingliz rasmiysi.
Biroq, nashrga ko‘ra, savdoning ko‘lami va kengligi hayratlanarli. Buyuk Britaniyaning eksporti nafaqat Qirg‘izistonga keskin oshgan, balki u Armanistonda ham keskin ko‘tarildi. Bu mamlakatlarga yuborilgan tovarlar orasida qurolga aylantirilishi mumkin bo‘lgan "ikki maqsadli" buyumlarning sezilarli miqdori borligi ikki barobar tashvishlidir.
“Sky News” tahlili shuni ko‘rsatadiki, Ukrainadagi urushda qo‘llanilgani hujjatlashtirilgan ushbu tovarlarning eksporti urush boshlanganidan beri to‘rtta Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlarida 500 foizdan ko‘proqqa oshgan. Ushbu to‘rtta davlatga yuborilgan tovarlarning eng katta toifasi samolyotlar, vertolyotlar yoki dronlarning qismlari bo‘lgan.
Britaniya kompaniyalari ushbu to‘rtta davlatga 6 million funt sterling qiymatidagi tovarlarni eksport qilgan, bu odatdagi eksport miqdoridan ancha ko‘p. Buyuk Britaniya eksportchilari tomonidan jo‘natilgan boshqa tovarlarga ma’lumotlarni qayta ishlash mashinalari, aviatsiya uskunalari va radionavigatsiya vositalari kiradi.
LiveBarchasi