Britaniya qiroli tojni topshirishga tayyorlanmoqda
Olam
−
27 fevral
14298Avvalroq, Britaniya qiroli Charlz III da saraton aniqlangani haqida xabar bergandik. Shundan so‘ng, bir necha siyosatchilar, jumladan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ham Charlz III ga maktub yozib, uning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.
Ingliz nashrlarining yozishicha, Britaniya qiroli tojni merosxo‘ri shahzoda Uilyamga topshirish rejasini ishlab chiqyapti. Bu esa qirolning yana bir saroydan bosh olib ketgan o‘g‘li shahzoda Garridan sir saqlanayotgani aytilmoqda.
Taxt vorisi haqidagi qonunga ko‘ra, Charlzning to‘ng‘ich o‘g‘li, shahzoda Uilyam Buyuk Britaniyaning keyingi qiroli bo‘lishi kerak.
Qirollik eksperti Tom Kvinning so‘zlariga ko‘ra, Charlzning sog‘lig‘i yomonlasha boshlagach, vorislik rejalari tuzila boshlagan. Qirolning kasalligi aniqlanmaguncha, merosxo‘rlik masalasi bunchalik tez muhokama qilinishi kutilmagan edi. Uning fikricha, bu qirolning kasalligi xavfli darajaga yetganini ko‘rsatadi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 6 fevral kuni Charlz III saraton kasalligiga chalingani ma’lum bo‘lgandi. Shifokorlar qirolga ambulator davolanish vaqtida davlat vazifalarini bajarishdan voz kechishni tavsiya qilgan bo‘lsa-da, u davlat ishlari bilan shug‘ullanishda va qog‘ozlar bilan ishlashda davom etgan. Monarxning rasmiy vazifalariga parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarni imzolash kiradi. Charlz III qirollik imzosi talab qilinadigan hujjatlarni, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi a’zolaridan hisobotlarni har kuni ertalab qizil portfelda oladi.
Bundan tashqari, Qirol har hafta Bosh vazirni Bukingem saroyida qabul qilib, mamlakat va dunyodagi eng muhim voqealarni muhokama qiladi. Britaniya matbuoti xabarlariga ko‘ra, bunday uchrashuvlar davom ettiriladi.
LiveBarchasi