Britaniya qiroli shifoxonaga yotqiziladi
Olam
−
18 yanvar
4283Britaniya qiroli Charlz III kelasi hafta prostata bezini davolash uchun shifoxonaga yotqiziladi. Bu haqda BBC Bukingem saroyiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, 75 yoshli monarx muolaja oladi, ayni paytda uning ahvoli qoniqarli. Qirolning davolanishi ortidan uning omma oldidagi chiqishlari boshqa paytga qoldiriladi.
"Har yili minglab erkaklar singari, qirol prostata bezi kasalligi sababli davolanadi", deyiladi bayonotda.
BBC'ga ko‘ra, prostata bezining kengayishi 50 yoshdan oshgan erkaklarda ko‘p uchraydi. Odatda bu jiddiy emas va bemorda prostata saratoni rivojlanishi xavfi yuqoriligini anglatmaydi.
Charlz III ning shifoxonaga yotqizilishi e’lon qilinishidan biroz avval qirollik oilasi ham bir kun oldin 42 yoshli Uels malikasi Ketrinning qorin bo‘shlig‘ida operatsiya o‘tkazilganini ma’lum qilgandi. Londondagi xususiy klinikada operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazilgan.
“Malika yana 10-14 kun shifoxonada yotadi. Tibbiy maslahatga ko‘ra, u Pasxa bayrami oldidan davlat vazifalariga qaytishi dargumon”, deyiladi qirollik oilasi bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Pentagon rahbari Lloyd Ostin prostata saratoniga chalingani ma’lum bo‘lgandi.
LiveBarchasi