Britaniya qiroli terma jamoa murabbiyiga xat yozdi
Sport
−
15 iyul
12318Angliya 2024 yilgi Yevropa chempionati finalida Ispaniyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Finaldan keyin Buyuk Britaniya qiroli “uch sherlar” bosh murabbiyi Garet Sautgeytga xat yozdi.
Charlz III jamoa va murabbiylardan boshlarini baland tutishlarini so‘radi. Shuningdek, u Yevro-2024 finaliga chiqish juda katta yutuq va butun xalq bundan faxrlanishi kerakligini bildirdi.
“Bugun kechqurun g‘alaba bizni chetlab o‘tdi, lekin men va ayolim siz hamda jamoangizdan boshingizni baland tutishingizni so‘raymiz, har qanday darajadagi sport musobaqalarida qatnashadigan har bir kishi g‘alaba juda yaqin bo‘lganida mag‘lubiyat naqadar og‘riqli bo‘lishini biladi! Ammo shuni bilingki, Yevro-2024 finaliga chiqishdagi muvaffaqiyatingiz juda katta yutuq va bu bilan xalq faxrlanishi kerak. “Uch sher” kuchayishda davom etadi, chunki oldinda g‘alabalar bo‘lishiga shubham yo‘q”, deyiladi xatda.
Qayd etish joiz, Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeytning terma jamoada qolish imkoniyati yuqori. Bir qator mahalliy OAVlar mutaxassisni terma jamoa postida qolishi haqida yozmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr