Britaniya Isroil Mudofaa va moliya vazirlariga sanksiya joriy qilishi kutilmoqda

Olam

image

Buyuk Britaniya boshqa davlatlar bilan Isroil Vazirlar Mahkamasining ba’zi muhim a’zolariga G‘arbiy Sohilda Falastin huquqlarini poymol qilgani uchun sanksiyalar kiritish rejalarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda “Times” gazetasi xabar berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, qora ro‘yxatga, jumladan, yahudiy davlati moliya vaziri Betsalel Smotrich,  Mudofaa vaziri Isroil Kats va milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir ham kirishi mumkin. 

Kecha, 20 may kuni London allaqachon yetti nafar isroillik jismoniy va yuridik shaxslarga qarshi sanksiyalar joriy qilgan edi. Buyuk Britaniyaga kirishni taqiqlash va aktivlarni muzlatishni o‘z ichiga olgan cheklovlar bosib olingan Falastin hududlarida yashovchi Zohar Sabah,  Harel Devid Libi va Daniella Veysga ham tatbiq etildi. London ularni tahdid qilish va falastinliklarga qarshi tajovuzkor harakatlar va zo‘ravonlik qilishda aybladi. Cheklovlar G‘arbiy Sohildagi Neriya va Kokos aholi punktlariga, Nachala (tahr. – radikal isroillik ko‘chmanchilar tashkiloti – u yosh ko‘chmanchilarga yordam beradi va G‘arbiy Sohilda Isroilning yangi noqonuniy punktlarini quradi) aholi punkti tashkilotiga va Libi qurilish va infratuzilma kompaniyasiga ham ta’sir ko‘rsatdi. 

Keyinroq Britaniya Isroilning G‘azo sektoridagi yangi harbiy amaliyoti tufayli Isroil bilan erkin savdo kelishuvi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatganini e’lon qildi. 

18 may kuni Isroil “Gidyon aravalari” yangi keng ko‘lamli quruqlik amaliyoti doirasida G‘azo shimoli va janubida kengaytirilgan harbiy amaliyotlar boshlanganini e’lon qildi. 19 may kuni BMT Isroil rasmiylari tashkilotga G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazishni tiklashga ruxsat berganini tasdiqlab, anklavga to‘qqizta yuk mashinasi kirishiga ruxsat olinganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Falastin anklav hukumati matbuot markazi aholining eng asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun har kuni G‘azo sektoriga 500 ga yaqin yuk mashinasi insonparvarlik yordami bilan kelishi kerakligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Falastin Isroil G'azo sektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing