Britaniya Eronda inson huquqlarini buzgan 24 kishiga sanksiya qo‘lladi

Olam

image

Buyuk Britaniya Eronda inson huquqlarini buzgan 24 kishini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Ro‘yxat kecha, 14 noyabr kuni Qirollik Tashqi ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilindi. 

Sanksiyalar ro‘yxatiga Eron axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vaziri Iso Zarepur, kiberpolitsiya boshlig‘i Nosir Majid va respublikaning turli huquq-tartibot idoralari hududiy bo‘linmalari rahbarlari kiritilgan. 

“Ushbu sanksiyalar Eron rejimining inson huquqlarini qo‘rqinchli poymol qilishda mas’ul bo‘lgan amaldorlariga nisbatan qo‘llanilmoqda. Biz hamkorlarimiz bilan birgalikda Eron rejimiga aniq xabar yubordik – norozilik namoyishlarini shafqatsizlarcha bostirish to‘xtatilishi kerak. Va so‘z erkinligi hurmat qilinishi kerak. Eron xalqi juda aniq gapirmoqda. Rejim tashqi kuchlarni ayblashni to‘xtatib, xalqni tinglashni boshlash vaqti keldi”, deydi Tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli hisobotda.  

TIV bayonotida aytilishicha, Eronda yuzlab namoyishchilar xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘ldirilgan, minglab odamlar yaralangan, 40 dan ortiq jurnalist hibsga olingan. 

Oktyabr oyida Britaniya hukumati Eron axloq politsiyasiga va Islom Respublikasining bir qator muhim xavfsizlik amaldorlariga qarshi sanksiyalar kiritgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 sentyabr kuni Eronda axloq politsiyasi tomonidan noto‘g‘ri hijob kiygani uchun hibsga olingan 22 yoshli talaba Mahsa Amini vafot etdi. Uning vafotidan so‘ng mamlakatda norozilik namoyishlari boshlandi.

Namoyish sifatida butun mamlakat bo‘ylab ayollar hijobni yoqib, sochlarini kesmoqda. Ushbu norozilik dunyoning boshqa mamlakatlarida ham aks-sado bermoqda. Namoyishchilar ko‘chalarni to‘sib, xavfsizlik kuchlariga tosh otdi, politsiya mashinalari va axlat qutilariga o‘t qo‘ydi, hukumatga qarshi shiorlar aytishdi.

Amini o‘tgan hafta poytaxtda Eron axloq politsiyasi tomonidan ayollarning sochlarini hijob yoki ro‘mol, qo‘l va oyoqlarini keng kiyim bilan o‘rashni talab qiluvchi qonunni buzganlikda ayblanib hibsga olingan edi. 

Qo‘lga olinganidan uch kun o‘tgach, Amini vafot etdi. Rasmiylarga ko‘ra, o‘limga "yurak yetishmovchiligi" sabab bo‘lgan. Ammo marhumning qarindoshlari qizning yuragida hech qachon muammo bo‘lmaganini da’vo qilmoqda. Ular jabrlanuvchini kaltaklash oqibatida vafot etgan, deb taxmin qilmoqda. 

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari vazifasini bajaruvchi Nada Al-Nashif Amini politsiya tomonidan kaltaklangani haqidagi xabarlarga ishora qildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari hibsga olingandan keyin vafot etgan eronlik Mahsa Amini o‘limi sababli Eronning axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Keyinroq Kanada ham bir necha o‘nlab Eron rasmiylari, biznes vakillari, shuningdek, Eron axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar joriy etishga qaror qildi.

Tehronda Eron axloq politsiyasi tomonidan Islom Respublikasining qattiq kiyinish qoidalarini buzgani uchun hibsga olinganidan keyin komaga tushib, vafot etdi.

Eronda uning o‘limidan so‘ng butun mamlakat bo‘ylab misli ko‘rilmagan norozilik to‘lqini kuzatildi, so‘nggi to‘rt hafta ichida kamida 233 namoyishchi halok bo‘ldi.

Namoyishchilar politsiya va “Basij” militsiyasi a’zolariga hujum qilgan, Qur’onni tahqirlagan, masjidlar va hukumat binolariga o‘t qo‘ygan, hijobli ayollarga hujum qilgan, tez yordam mashinalari va yoqilg‘i quyish shoxobchalariga hujum qilingan. Ishtirokchilar Eronning turli shaharlarida hibsga olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Mahsa Amini

Baholaganlar

7

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing