Britaniya aprel oyidan viza to‘lovlarini oshiradi

Olam

image

Buyuk Britaniya joriy yil 8 apreldan boshlab mamlakatga kirish uchun zarur bo‘lgan aksariyat vizalar, jumladan, turistik vizalar uchun to‘lovlarni oshiradi. Bu haqda Birlashgan Qirollik Tashqi ishlar vazirligi saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, olti oygacha bo‘lgan qisqa muddatli mehmon vizasi narxi 127 funtdan 135 funtga ko‘tariladi. Ikki yilgacha bo‘lgan tashrif buyuruvchi vizasi 475 funtdan 506 funtga, besh yilgacha bo‘lgan viza esa 848 funtdan 903 funtgacha qimmatlashadi. O‘n yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli mehmon vizasining narxi 1059 funtdan 1128 funtgacha oshadi. Hozirda 524 funt bo‘lgan talabalik vizasi joriy yil 8 apreldan 558 funtgacha ko‘tariladi.

6 oydan 11 oygacha bo‘lgan xususiy tibbiy davolanish vizasi narxi 220 funtdan 234 funtga oshadi. Havo orqali tranzit vizasi 39 funtdan 41,5 funtga, quruqlik orqali esa 70 funtdan 74,5 funtgacha qimmatlashadi. Elektron kirish ruxsatnomasi (ETA) 4 funtga qimmatlashib, 8 apreldan boshlab 20 funtni tashkil etadi.

Fuqarolik olish uchun to‘lovlar 1709 funtgacha, muddatsiz kirish ruxsatnomasi uchun esa 3226 funtgacha oshadi.


Maqola muallifi

Teglar

viza Buyuk Britaniya Birlashgan Qirollik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing