Britaniya Afg‘oniston qo‘shnilariga, jumladan O‘zbekistonga $28 mln bermoqchi 

Jamiyat

image

Buyuk Britaniya qochqinlarni boshpana va sanitariya buyumlari bilan ta’minlash uchun Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarga 30 million funt sterling (41,5 million dollar) miqdorida yordam beradi. Bu haqda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilgan

Bu summaning 10 million funt sterlingi (14 million dollar) gumanitar tashkilotlarga, shu jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligiga darhol berilishi kutilmoqda. 

Qolgan 20 million funt sterling (28 million dollar) “Tolibon” hokimiyatga kelganidan keyin Afg‘onistonni tark etgan o‘n minglab qochqinlarning og‘ir yukini o‘z zimmasiga olgan mintaqa davlatlariga berilishi rejalashtirilgan. Gap Pokiston, Tojikiston, Eron, O‘zbekiston va Turkmaniston haqida ketmoqda. 

“Biz Afg‘onistondan qochayotganlarga yordam berishimiz va inqirozning mintaqaviy barqarorlikka putur yetkazishiga yo‘l qo‘ymasligimiz juda muhim. Shuning uchun ushbu qutqaruv materiallari zarur. Ular hamma narsasini tashlab ketgan afg‘onlarni boshpana va asosiy sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta’minlaydi”, deyilgan xabarda. 

Qayd etish kerakki, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Afg‘onistondagi vaziyatning yuki Markaziy Osiyo davlatlari zimmasiga tushayotganini tak’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, agar Afg‘onistonga qo‘shni bo‘lgan davlatlar mamlakatdan qochib kelgan muhojirlarga boshpana bersa, evaziga Yevropa Ittifoqi ushbu davlatlarga 600 million yevrolik moliyaviy yordam berishni taklif qilmoqchi edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

653

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing