Britaniya Hukumati Boris Jonsonga sovg‘a qilingan vino, ikra va futuristik o‘yinni olib qo‘ydi

Olam

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson o‘ziga sovg‘a qilingan vino, ikra, zaytun yog‘i, shaxmatga o‘xshash futuristik o‘yin, qimmatbaho ruchka va uning tutqichi, shotland viskisi, surat va haykaldan mahrum bo‘ldi.

Gap shundaki, Britaniya Hukumati a’zolariga 140 funt sterlingdan (2 272 640 so‘m) qimmat sovg‘a olishi mumkin emas. “The Independent” nashrining yozishicha, Jonsonning barcha sovg‘asi musodara qilingan. Vengriya Hukumatining sovg‘asi bo‘lgan vino ochilgani uchun utilizatsiya qilindi.

Koronavirus pandemiyasi sabab joriy etilgan cheklovlar Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga kuchli zarba bermoqda. Millionlab ish o‘rni qisqarishi va qirollik so‘nggi yuz yilda ilk bor jiddiy iqtisodiy inqirozga duch kelishi kutilmoqda. Moliyaviy tanglik sabab hukumat xarajatlari kamaytirilishi tarafdori bo‘lgan aholi soni oshib bormoqda.

Hukumat ma’lumotiga ko‘ra, Bosh vazir so‘nggi oylarda yetakchi OAV va xayriya tashkilotlari vakillari bilan uchrashgan. Jumladan, 19 may kuni Jonson “The Telegraph Group” rahbarlari Eydan Barkli va Xovard Barkli bilan uchrashgan. Ikki kun o‘tib esa Daily Telegraph muharriri Kris Evans bilan ko‘rishgan.

Shuningdek, 19 may kuni Hukumat rahbari Bill va Melinda Geyts bilan uchrashib, koronavirusga qarshi kurashish va yaqinlashayotgan vaksiya bo‘yiga global sammitni muhokama qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Boris Jonson

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing