“Britancha” koronavirusning yana bir xavfi aytildi

Olam

image

O‘tgan yil oxirida Buyuk Britaniyada kashf etilgan koronavirusning yangi turi nafaqat yuqumliroq bo‘lishi, balki ko‘proq o‘limga ham sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson aytib o‘tgan. 

“Koronavirusning Buyuk Britaniyada aniqlangan varianti yuqori o‘lim ko‘rsatkichlarini keltirib chiqarishi mumkin, deb taxmin qilish uchun asoslar bor”, degan Jonson. 

Britaniya Hukumati ilmiy maslahatchisi Patrik Vallansning aytishicha, koronavirusning oldindan ma’lum shtammini yuqtirgan har ming kishidan o‘rtacha 10 kishi vafot etsa, yangi shtammida bu ko‘rsatkich 13 kishini tashkil qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Jonson 2020 yil 19 dekabr kuni mamlakatda koronavirusning “britancha” varianti 70 foiz ko‘proq yuqumli bo‘lishi mumkinligini e’lon qilgan. 

Ushbu mutatsiya 2020 yil sentyabr oyida Angliyaning janubi-sharqida aniqlangan va shu kungacha uni yuqtirish holatlari dunyoning o‘nlab mamlakatlarida qayd etilgan. 

Ta’kidlanishicha, hozircha britaniyalik mutaxassislar koronavirusning “britancha” turi virusning boshqa variantlariga qaraganda xavfli ekanligi to‘g‘risida ilmiy dalillarni taqdim etishmagan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

247

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing