“Britancha” koronavirus Turkiyada keng tarqalmoqda

Olam

image

Turkiyaning 17 ta shahrida "britancha" koronavirus aniqlangan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Koja Twitter'dagi sahifasida xabar bergan.

"Mamlakatimizda mutatsiyaga uchragan virus aniqlangan fuqarolar soni 128 taga yetdi. "Britancha" variant 17 ta shaharda qayd etildi", deyilgan xabarda. 

Koja fuqarolarni ehtiyot bo‘lishga chaqirgan va mutatsiya infeksiya xavfini oshirishi haqida ogohlantirgan. 

Avvalroq, koronavirusning "britancha" versiyasi 70 ta mamlakatda aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Bundan tashqari, 31 ta mamlakatda koronavirusning Janubiy Afrikadan topilgan yangi varianti aniqlangan.

Ma’lumot uchun, "britancha" mutatsiya 2020 yil sentyabr oyida Angliyaning janubi-sharqida aniqlangan. Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson koronavirusning “britancha” varianti 70 foiz ko‘proq yuqumli bo‘lishi mumkinligini e’lon qilgan. 

Janubiy Afrika Hukumati esa 2020 yil 21 dekabr kuni mamlakat janubida oktyabr oyida yangi va tajovuzkor koronavirus shakli topilganini e’lon qildi. “501.V2” virusi Janubiy Afrikada epidemiyaning ikkinchi to‘lqinini keltirib chiqardi va yanvar oyining o‘rtalarida avjiga chiqdi. Dastlabki tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, koronavirusning bu turi juda yuqori darajada tarqalmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

248

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing