BRICS sammiti vaqtida Qozon aholisining eski avtomobillardan foydalanishi taqiqlandi

Olam

image

Rossiyaning Qozon shahridagi bir nechta korxona xodimlaridan BRICS sammiti davomida shaharga o‘zlarining eski avtomobillari bilan kelmasligi so‘ralgan. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib, “116.ru” nashri xabar berdi.

“Ular (rasmiylar) ishga jamoat transportida borishni, avtomobillarini garajda yoki hech bo‘lmaganda uzoqroqda, hovlilarda qoldirishni taklif qilishdi”, deydi nashr manbasi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, eski va zanglagan avtomobillar BRICS sammiti vaqtida shaharning ko‘rinishini buzishi mumkin.

“Bu yuqoridan berilgan ko‘rsatma yoki korxona rahbariyatining shaxsiy tashabbusi bo‘lganmi, noma’lum, ammo “tavsiya” shaharning markaziga yaqin joyda ishlayotganlarga ham, hatto ish joyi tashqarisida – Stolbishchi qishlog‘ida joylashganlarga ham taalluqli bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, BRICS sammiti 22-24 oktyabr kunlari Qozon shahrida bo‘lib o‘tadi. Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovga ko‘ra, 38 ta davlatga taklifnomalar yuborilgan, ulardan 32 tasi ishtirok etishini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BRICS sammitiga Rossiya tomonidan taklif qilingan davlat rahbarlarining uchdan bir qismi Prezident Vladimir Putin huzuriga borishdan bosh tortgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozon BRICS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing