BRICS’ning kengayishi Rossiya va Xitoy uchun g‘alaba bo‘ladi – AP
Olam
−
21 avgust 2023
8274BRICS’ning Saudiya Arabistoni kabi davlatlar hisobiga kengayishi Rossiya va Xitoyning ma’naviy g‘alabasi bo‘ladi. Bu haqda “Associated Press” nashri yozmoqda.
“Yirik rivojlanayotgan iqtisodiyotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan BRICS’ning ehtimoliy kengayishi bu uyushmani G7 guruhiga qarshi muvozanat sifatida ko‘rayotgan Rossiya va Xitoy uchun ma’naviy g‘alaba bo‘lib xizmat qiladi”, deb yozadi agentlik.
Yoxannesburg universiteti professori Aleksis Xabyaremiyaning fikricha, Saudiya Arabistoni kabi yirik o‘yinchilarning BRICS’ga kirishi ittifoqning iqtisodiy tarkibiy qismini mustahkamlaydi.
Hindistonning Ar-Riyoddagi sobiq elchisi Talmiz Ahmadning aytishicha, Saudiya Arabistonining BRICS’ga qo‘shilishi tashkilotga qo‘shimcha ahamiyat beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 20 dan ortiq davlat BRICS’ga kirish uchun ariza topshirgan. Ular orasida Saudiya Arabistoni bilan birga Jazoir, Argentina, Misr, Indoneziya, Eron va Birlashgan Arab Amirliklari ham bor. BRICS’ni kengaytirish masalasi 22-24 avgust kunlari Yoxannesburgda (Janubiy Afrika) bo‘lib o‘tadigan va so‘nggi yillardagi Global Janub davlat va hukumat rahbarlarining eng yirik uchrashuvi bo‘ladigan sammit doirasida muhokama qilinadi. Mazkur tadbirga taklif etilganlar orasida Afrikaning 54 davlati rahbarlari bor. Sammitda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin videohavola orqali ishtirok etadi. BRICS’ning qolgan a’zo davlatlari yetakchilari esa sammitda shaxsan qatnashadi.
LiveBarchasi