BRICS davlatlari G‘azoda “zudlik bilan va keng qamrovli” o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

Olam

image

BRICS mamlakatlari Yaqin Sharqdagi voqealardan chuqur xavotir bildirdi. Bu haqda BRICS sammiti ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan sammitning Qozon deklaratsiyasida so‘z boradi.  

“Biz bosib olingan Falastin hududidagi vaziyatning yomonlashuvi va insonparvarlik inqirozi, xususan, Isroil harbiy amaliyoti oqibatida G‘azo sektori va G‘arbiy Sohilda ommaviy o‘lim va jarohatlarga olib kelgan zo‘ravonliklarning misli ko‘rilmagan kuchayishi, tinch aholining majburiy ko‘chirilishi va fuqarolik infratuzilmasining keng miqyosda vayron bo‘lishidan jiddiy xavotirimizni yana bir bor bildiramiz. Biz G‘azo sektorida keng qamrovli va doimiy o‘t ochishni to‘xtatishni zudlik bilan amalga oshirish, har ikki tomonning barcha garovga olingan va noqonuniy asirda ushlab turilgan mahbuslarni hech qanday shartlarsiz zudlik bilan ozod qilish va G‘azo sektoriga gumanitar yordamni to‘siqsiz, barqaror va keng miqyosda yetkazib berish, shuningdek, har qanday tajovuzkor harakatlarni to‘xtatish zarurligini ta’kidlaymiz”, deyiladi hujjatda.

BRICS davlatlari 1967 yil iyun oyidagi xalqaro tan olingan chegaralarga mos keladigan, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan, Isroil bilan tinchlik va xavfsizlikda yonma-yon yashaydigan suveren mustaqil va hayotga qodir Falastin davlatini barpo etishni nazarda tutadigan xalqaro huquq, shu jumladan BMT Xavfsizlik Kengashi va Bosh Assambliyasining tegishli rezolyutsiyalari va Arab Tinchligi asosidagi ikki davlat yechimiga qat’iy sodiqlik kontekstida BMTning to‘laqonli a’zosi sifatida qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlashlarini tasdiqladi. Bundan tashqari, BRICS mamlakatlari Janubiy Livandagi vaziyatdan xavotir bildirdi.

“Biz Isroilning Livandagi turarjoy hududlariga uyushtirgan hujumlari oqibatida tinch aholining o‘limi va fuqarolik infratuzilmasiga yetkazilgan katta zararni qoralaymiz va harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiramiz. Biz Livan suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlab qolish va Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun siyosiy-diplomatik yechim uchun shart-sharoit yaratish zarurligini ta’kidlaymiz, shu bilan birga BMT Xavfsizlik Kengashining 1701 (2006) va 2749 (2024) rezolyutsiyalariga qat’iy rioya qilish muhimligini ta’kidlaymiz. Biz BMT xodimlariga qilingan hujumlarni va ularning xavfsizligiga tahdidlarni keskin qoralaymiz va Isroilni bunday harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiramiz”, deyiladi hujjatda.

Sammit ishtirokchilari umumiy manfaatlar va asosiy ustuvorliklarga asoslangan BRICS mamlakatlari hamjihatligini yanada mustahkamlash va hamkorligini kengaytirish hamda strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish muhimligini, shuningdek, BRICS ruhiga sodiqliklarini yana bir bor tasdiqladi. Xususan, hujjatda “noqonuniy bir tomonlama majburlov choralari, jumladan, noqonuniy sanksiyalarning jahon iqtisodiyoti, xalqaro savdo va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga salbiy ta’siri” yuzasidan chuqur xavotir bildirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

G'azo BRICS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made