Brendlarni sevuvchi Sadir Japarovning kiyinishi qanchaga tushadi?
Olam
−
15 dekabr 2022
15360Joriy yilning 12 dekabr kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyevning Airbus H145 vertolyoti taqdimotida kiygan kiyimlari ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Sadir Japarov ushbu taqdimotda kiygan “Loro Piana” brendiga tegishli mo‘ynali kurtkasi 14 177 yevro (15 ming dollar) turadi. O‘zbek so‘miga hisoblaganda ushbu kiyim 169 million 216 ming so‘mni tashkil etadi.
Vertolyot taqdimotida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Tashiyevning egnidagi kurtka esa “Moncler” brendining “Bauges” modeliga tegishli. Ushbu kurtkaning “Moncler” veb-saytidagi narxi 1590 yevro yoki 1688,99 AQSH dollariga teng. O‘zbek so‘mida esa bu 18 mln 978 mingga to‘g‘ri keladi.
Qayd etish kerakki, Japarov Markaziy Osiyo davlatlari Prezidentlari ichida o‘zining qimmatbaho kiyimlari bilan ajralib turadi. Masalan, Prezident Sadir Japarov Qulanak GESi qurilish maydoniga kapsulani yotqizish marosimiga ham qiymati 15 ming dollardan ortiq kurtka kiygan holda kelgan edi.
Joriy yilning fevral oyida Sadir Japarov Italiya brendining qimmatbaho kurtkasida Bishkek bozorlarini aylanib chiqqan. 2020 yilda uning 3000 dollarlik jileti ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan.
E’tiborli jihati shundaki, u moda tendensiyalarini doimiy kuzatib boradi va garderobini muntazam yangilab turadi.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan Japarov va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuvda Japarov oyoq kiyimining ajralib turuvchi tag rangi ham ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
LiveBarchasi