Braziliyalik muxlis mol-mulkini Neymarga vasiyat qildi
Sport
−
30 iyun 2023
17197Braziliyalik 30 yoshli erkak barcha mol-mulkini PSJ futbolchisi Neymarga vasiyat qilib qoldirdi. Bu haqda “Metropoles” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchining muxlisi o‘limidan keyin boyligi hukumatga yoki o‘zaro kelishmovchiligi bo‘lgan qarindoshlariga o‘tib ketishini xohlamaydi.
“Men endi 31 yoshga to‘laman, ammo sog‘lig‘im unchalik yaxshi emas. Yaqinda o‘lib qoladigan bo‘lsam, mol-mulkim men yomon ko‘radigan qarindoshlarim nomiga yoki hukumatga o‘tib ketishini istamayman”, deydi u.
Shuningdek, erkak PSJ hujumchisi bilan ko‘p tomonlama tanish ekanligini ta’kidlab, boyliklarini futbolchiga qoldirayotganidan afsusda emasligini bildirgan.
“Menga Neymar yoqadi, men u bilan ko‘p jihatdan tanishman. Uning otasi bilan bo‘lgan munosabati menga allaqachon vafot etgan dadamni eslatadi. Men Neymarning ochko‘z emasligini bilaman, bu hozirgi kunda kam uchraydi”, deydi futbolchining muxlisi.
Ma’lum bo‘lishicha, erkak vasiyatnomani rasmiylashtirish uchun taxminan 75 yevro sarflagan. Uning qancha mol-mulkka ega ekani esa hech qaysi manbada keltirilmagan.
LiveBarchasi