Braziliyalik futbolchi golni nishonlayotganda tunnelga tushib ketdi (video)

Sport

image

Braziliyaning “Koritiba” klubi himoyachisi Jasi Braziliya chempionatining 22-turida golni nishonlayotgan paytda tunnelga tushib ketib, jarohat oldi.

Kecha, 9 avgust kuni “Koritiba” o‘z maydonida “Shapekoense”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. 29 yoshli Jasi uchrashuvning 43-daqiqada bosh bilan gol urdi. U golni nishonlash vaqtida to‘pni homilador rafiqasiga bag‘ishlab, muxlislar tomon yugurdi.

Shundan so‘ng braziliyalik futbolchi reklama taxtasidan oshib o‘tib, yerosti maydoniga olib boruvchi tunnelga yiqildi.

“Men yaxshiman. Himoyachilar tez-tez gol uravermaydi, shuning uchun o‘zimni juda yaxshi his qildim. Tunnel esa ochiq edi. Oyog‘imni tekshirtirib ko‘raman. Oxir-oqibat maydonni tark etishimga to‘g‘ri keldi. Biroz og‘riyapti, lekin men yaxshiman”,  deydi Jasi o‘yindan keyin.

Gol oxir-oqibat uning goli ofsayd sababli hisobga olinmadi. Jasi o‘yinni davom ettirishga uringan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘lim boshida zaxiraga olindi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing