Braziliyadagi mashhur haykalni chaqmoq urdi (foto va video)

Bu qiziq

image

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi Najotkor Masih haykali boshini chaqmoq urdi. Bu lahzani fotograf Fernando Braga suratga oldi va rasmni Instagram'dagi sahifasida e’lon qildi. Shundan so‘ng rasm ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqaldi. 

Fotosuratchining aytishicha, surat mahalliy vaqt bilan 10 fevral kuni soat 18:55 da shaharda momaqaldiroq bo‘lib, yomg‘ir yog‘ayotgan paytda olingan. U avtomatik rejimda 500 ga yaqin kadrni suratga olgan, so‘ngra zarba berilgani aniq aks etgan suratni tanlagan. Shuningdek,  u jarayonni videoga ham muhrlagan. 

Ma’lumot uchun, haykal Rio-de-Janeyrodagi Korkovado tog‘ining tepasida joylashgan. U juda mashhur hisoblanadi va dunyoning turli nuqtalaridan kelgan sayyohlarni o‘ziga jalb etib kelmoqda. Uni birinchi marta chaqmoq urishi emas, bu holat avval ham ko‘p kuzatilgan. Yodgorlik chaqmoq zarbasini qaytara oladigan mahsus uskuna bilan jihozlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing