Braziliyada samolyot avtobus ustiga qulab tushdi (video)

Olam

image

Bugun, 7 fevral kuni Braziliyaning San-Paulu shahrida samolyot ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus ustiga qulab tushdi. Bu haqda “GB News” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hajmi kichik bo‘lgan King Air F90 samolyoti San-Pauluda favqulodda qo‘nishga urinib ko‘rgan, ammo u qo‘nishni amalga oshirolmay, avtomobil yo‘liga qulab tushgan. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan. 

“Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 07:20 atrofida Markes de San-Visente prospektida sodir bo‘lib, katta yong‘inga sabab bo‘ldi”, deyiladi xabarda. 

O‘t o‘chirish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot ichidan ikki kuygan jasad topilgan. Qutqaruv guruhlari tomonidan jami yetti kishi qutqarib olingan. Ularning sog‘lig‘i haqida ma’lumot yo‘q.

“Favqulodda xizmatlar yong‘inni o‘chirish ustida ishlamoqda. Voqea joyiga vertolyot yetib keldi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, 30 yanvarga o‘tar kechasi Vashingtondagi Ronald Reygan aeroportida American Airlines aviakompaniyasiga tegishli Bombardier CRJ700 mintaqaviy yo‘lovchi samolyoti Sikorsky H-60 (Black Hawk) harbiy vertolyoti bilan qo‘nish chog‘ida to‘qnashgandi. Layner bortida 60 nafar yo‘lovchi va to‘rt ekipaj a’zosi bo‘lgan, vertolyotda esa uch kishi bor edi. 4 fevral kuni esa qutqaruvchilar AQSHning Vashington shahrida halokatga uchragan Bombardier CRJ700 yo‘lovchi samolyoti va u bilan to‘qnashgan vertolyotda bo‘lgan umumiy 67 nafar qurbonning jasadini Potomak daryosidan chiqarib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Braziliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing