Braziliyada Prezident Lula da Silvaning inauguratsiyasi o‘tkazildi

Olam

image

Braziliya poytaxtida 1 yanvar, yakshanba kuni mamlakatning saylangan Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvaning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi. So‘l ishchilar partiyasidan saylangan va uchinchi marta prezident sifatida inauguratsiya qilgan siyosatchi Milliy Kongress oldida qasamyod qildi. Bu haqda DW xabar berdi.

Prezident sifatidagi birinchi nutqida siyosatchi o‘zidan oldingi Prezident Jair Bolsonaroni tanqid qildi. Da Silvaning so‘zlariga ko‘ra, sobiq rasmiylar ta’lim, sog‘liqni saqlash va Braziliya o‘rmonlarini muhofaza qilishga ajratilayotgan mablag‘larni qisqartirishga mas’ul. Da Silva ekologik kun tartibidagi masalalarni hal qilishga, shuningdek, kichik va o‘rta biznesning ahvolini yaxshilashga va’da berdi.

Bu da Silvaning uchinchi prezidentlik muddati va siyosatchining prezidentlik saylovlarida oltinchi marta ishtirok etishi – u 2003 yilda lavozimga kirishgan va 2006 yilda qayta saylangan. Lula uchinchi muddatga saylangani yo‘q – Braziliya qonunchiligiga ko‘ra, bir kishi ketma-ket ikki muddatdan ortiq davlat rahbari bo‘la olmaydi. 2017 yilda sobiq Prezident korrupsiyada ayblanib, 9,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan, biroq u keyinroq ozod etilgan, 2021 yilda esa Braziliya Federal Oliy sudi siyosatchiga qo‘yilgan barcha ayblovlarni bekor qilgan.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing