Braziliyada kuchli yomg‘ir oqibatida 36 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Braziliya janubi-sharqidagi San-Paulu shtatida kuchli yomg‘ir oqibatida 36 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Globo” nashri mahalliy ma’muriyatga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning orasida voyaga yetmaganlar ham bor.

Yomon ob-havo tufayli 228 kishi uyini tark etishga majbur bo‘lgan. Yana 338 nafar mahalliy aholi boshpanasiz qolgan.

San-Sebastyan munitsipaliteti rahbari Felipe Augusto so‘zlariga ko‘ra, hududda 50 ta uy qulagan. Ayrim hududlarda aloqa, elektr va suv uzilib qolgan.

Bir necha munitsipalitetlarda favqulodda holat e’lon qilingan. Ushbu hududlarga mamlakat Prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silva tashrif buyurishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya kuchli yomg'ir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing