Braziliyada koronavirus bilan bog‘liq hayratlanarli holat aniqlandi

Olam

image

Braziliyada bir vaqtning o‘zida koronavirusning ikki xil variantini yuqtirish holati qayd etildi. Bu haqda "Reuters" xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, bunday ajablanarli holat o‘tgan yili noyabr oyi oxirlarida ikki kishida aniqlangan. Ularning ikkisi ham mamlakatning janubiy qismida yashaydi, ikkala bemor ham taxminan 30 yoshda. 

Bemorlarda COVID-19 ning yengil alomatlari bo‘lgani ta’kidlangan. 

Bir holatda quruq yo‘tal, ikkinchisida yo‘tal, tomoq va bosh og‘rig‘i kuzatilgan, shifoxonaga yotqizish zarurati bo‘lmagan. 

Koronavirus kasalligini yuqtirish holati bo‘yicha Braziliya dunyoda AQSH va Hindistondan keyin uchinchi o‘rinda turadi. 

Pandemiyaning butun davrida mamlakatning 9 milliondan ortiq aholisi koronavirus bilan kasallangan, kasallikdan o‘lganlar soni 200 mingdan oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya

Baholaganlar

807

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing