Braziliyada xususiy samolyot do‘kon hududiga qulab tushdi

Olam

image

Braziliya janubidagi Gramado shahrida xususiy samolyot turarjoy hududiga qulab tushdi. Bu haqda “Globo” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, samolyotni mahalliy tadbirkor boshqargan va bortda uning oilasi bo‘lgan. Ularning hammasi vafot etgan. 

“Samolyot ichida o‘n kishi bo‘lgan va ularning hammasi voqea joyida vafot etgan”, deyiladi xabarda.

Bortda San-Paulu shahrida yashagan tadbirkor  Luis Klaudio Salgeyru Galeatssi bo‘lgan. Galeatssi samolyotni o‘zi boshqargan. Yo‘lovchilar orasida uning rafiqasi, kuyovi, qaynonasi va uch farzandi, shuningdek, tadbirkorning singlisi va ikki farzandi bo‘lgan.

Samolyot mebel do‘koniga qulagan. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, voqea joyida bo‘lgan 14 kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Argentinaning San-Fernando shahrida Bombardier Challenger 300 xususiy samolyoti qo‘nish vaqtida turarjoy binosiga urilib, yonib ketgandi. Hodisa oqibatida samolyotda bo‘lgan ikki uchuvchi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Braziliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing