Braziliyada qiruvchi samolyot halokatga uchradi
Olam
−
23 Oktabr
2832Kecha, 22 oktyabr kuni Braziliya harbiy-havo kuchlarining F-5M qiruvchi samolyoti aviabaza yaqinida o‘quv parvozi vaqtida halokatga uchradi, Bu haqda “Correio Braziliense” xabar berdi.
Samolyot halokati Riu-Grandi-du-Norti shtatidagi Parnamirin shahri yaqinida ro‘y bergan, uning yonida Braziliya harbiy-havo kuchlarining Natal aviabazasi joylashgan.
Samolyot Parnamirin turarjoylari yaqinidagi o‘rmonli hududga qulagan. Uchuvchi samolyotni turarjoy binolari bo‘lmagan hududga olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Uchuvchi o‘zini samolyotdan tashlagan, qiruvchi samolyot qulaganidan keyin yong‘in boshlangan. Uchuvchi keyingi tekshiruvlar uchun Natal aviabazasi gospitaliga olib ketilgan.
“Samolyotda yong‘in sodir bo‘lgan bo‘lsa ham, u uylar joylashgan hududni chetlab o‘tib, yashash joyi bo‘lmagan hududga qulab tushdi. Uchuvchi ham omon qoldi, qurbonlar bo‘lmadi”, degan mamlakat Mudofaa vaziri Xose Musio.
“O Globo” portalining yozishicha, samolyot halokatiga dvigateldagi muammolar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, F-5M samolyoti 1973 yilda sotib olingan.
Baxtsiz hodisaning qolgan tafsilotlari Havo hodisalarining oldini olish va tergov markazi tomonidan o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya shimoli-sharqida 2 ta Dassault Rafale qiruvchi samolyotining to‘qnashishi oqibatida ikki nafar harbiy uchuvchi halok bo‘lgandi. Hodisa harbiy samolyotlar Kolombe-Le-Bel shaharchasi yaqinidagi Vosges mintaqasida o‘quv missiyasini amalga oshirayotganda yuz bergan. Ikki uchuvchi – instruktor va stajyor jangovar manyovrni bajarish chog‘ida halok bo‘lgan.
LiveBarchasi