Braziliya JCH oldidan Panamani yirik hisobda yengdi

Sport

image
Braziliya milliy terma jamoasi Jahon chempionati oldidan o‘z maydonida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Panama terma jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi.

Rio-de-Janeyrodagi mashhur “Marakana” stadionida bo‘lib o‘tgan bahs mezbonlarning 6:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Braziliya terma jamoasi safida gollarga Vinisius Junior (2), Kazemiro (39), Rayan (53), Lukas Paketa (60), Igor Tiago (63, penalti) va Danilo (81) mualliflik qildi. Panama terma jamoasining golini Karlos Xarvi (84) kiritdi. Yana bir gol esa, Braziliya hujumchisi Mateus Kunya (14) tomonidan o‘z darvozasiga urildi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati joriy yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi. Braziliya terma jamoasi “C” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Marokash, Gaiti va Shotlandiyaga qarshi bahs olib boradi.

Panama terma jamoasi esa, “L” guruhida Angliya, Xorvatiya va Gana jamoalari bilan kuch sinashadi.

Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Braziliya Panama

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing