Braziliya Venesueladagi vayron bo‘lgan infratuzilmani tiklashga yordam beradi

Olam

image

Braziliya hukumati zilzila oqibatida katta zarar ko‘rgan Venesuela infratuzilmasini qayta tiklash ishlarida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Brasil 247” nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Braziliya mudofaa vaziri Joze Musio Monteyro Karakasga tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasida ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidlagan.

“Biz yana qanday yordam bera olishimizni o‘rganishimiz kerak. Bundan buyon Braziliya va Venesuela birgalikda harakat qiladi”,  degan vazir Venesuela rasmiylari bilan uchrashuvdan so‘ng.

Shuningdek, u Braziliya moliya institutlari vakillari ham Venesuelada uzoq muddatli tiklanish loyihalarida qanday ishtirok etish mumkinligini baholash uchun mamlakatga kelganini ma’lum qildi.

Nashr ta’kidlashicha, Braziliya Venesuela shaharlarini qayta qurish rejalarini ishlab chiqishda 2023 yilda Riu-Grandi-du-Sul shtatida yuz bergan yirik suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf etish tajribasidan foydalanmoqchi.

Bundan tashqari, Braziliya moliya institutlari Venesuela infratuzilmasini tiklash loyihalarini istiqbolli deb hisoblamoqda. Bu borada mamlakat 1999–2013 yillarda Ugo Chaves prezidentligi davrida Venesuelada amalga oshirilgan uy-joy qurilishi loyihalari bo‘yicha ham muayyan tajribaga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniyaning “Real Madrid” klubi hamda uning prezidenti Florentino Peres Venesuelada sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar oqibatida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun jami 2 million yevro xayriya qilishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing