Braziliya terma jamoasi murabbiyligi uchun yana bir jiddiy nomzod paydo bo‘ldi

Sport

image

Rimning “Roma” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Braziliya futbol konfederatsiyasi ayni damda ushbu lavozimga asosiy nomzod bo‘lgan “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga qiziqish bildirmoqda. Ammo agar ular italiyalik murabbiy bilan kelisha olmasa, Mourino varianti ko‘rib chiqiladi.

Mourino “Roma”ni 2021 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Mutaxassis va klub o‘rtasidagi shartnoma 2024 yilgacha mo‘ljallangan.

30 ta turdan so‘ng “Roma” 56 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam “Napoli”dan 19 ochko ortda qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Joze Mourin'o Braziliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing