Braziliya Prezidenti Rossiyaga parvozini bekor qildi
Olam
−
21 Oktabr
9803Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva joriy yilning 22-24 oktyabr kunlari Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRICS sammitida ishtirok etish uchun Rossiyaga borishi kerak edi, ammo u parvozini bekor qildi. Bu haqda kecha, 20 oktyabr kuni davlat rahbari idorasiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Braziliyadagi Cirio Libanes shifoxonasi tomonidan e’lon qilingan tibbiy xulosaga ko‘ra, siyosatchiga uzoq masofalarga havo qatnovidan qochish tavsiya etilgan. Ammo boshqa yo‘l bilan u o‘zining oddiy vazifalarini bajarishga qodir.
Tibbiy xulosada aytilishicha, Prezident boshining “oksipital qismi” jarohat olgan. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, u uyida tasodifan jarohatlangan.
Braziliya rahbari 20 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17.00 da (Moskva vaqti bilan 23.00) Rossiya Federatsiyasiga uchishi kerak edi. Endi u videokonferensiya orqali forumda ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, BRICS – bu Rossiya, Braziliya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasini o‘z ichiga olgan norasmiy davlatlar guruhi. BRICS’ni yaratish Rossiya tashabbusi bilan boshlangan. Tashkilot formatidagi birinchi vazirlar uchrashuvi 2006 yil 20 sentyabrda Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan.
Sentyabr oyida NATO a’zosi Turkiya BRICS’ga a’zo bo‘lish uchun ariza bergani ma’lum bo‘ldi. Janubiy Afrika Prezidenti Siril Ramafosa 2023 yilning avgust oyida Argentina, Eron, Saudiya Arabistoni, Misr, Efiopiya va Birlashgan Arab Amirliklari to‘liq a’zo bo‘lishga taklif qilinganini e’lon qildi. Argentina keyinchalik bu qadamdan voz kechdi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr