Braziliya Prezidenti xalqaro savdoda dollardan voz kechishga chaqirdi

Olam

image

Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva xalqaro savdoda dollardan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda Lula da Silva Shanxaydagi Yangi taraqqiyot bankida nutq so‘zladi.

Qayd eilishicha, Braziliya Prezidenti Amerika valyutasiga muqobil vositalarni ishlab chiqarishga, jumladan, BRICS assotsiatsiyasi a’zolari (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika) o‘rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish haqida o‘z fikrlari bilan ham o‘rtoqlashgan.

“Hamma biladiki, men mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo uchun o‘z valyutamizni yaratish tarafdoriman. Nega Argentina yoki Xitoy bilan savdoda dollardan foydalanishimiz kerak, buni o‘z valyutalarimizda qilish mumkinku? Nega mamlakatlarning deyarli yarmi savdo qiladi? Nima uchun insoniyatning deyarli yarmi yashaydigan mamlakatlar buni o‘zaro muhokama qila olmaydi?” degan siyosatchi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22-24 avgust kunlari Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahrida bo‘lib o‘tadigan BRICS sammiti chog‘ida yangi valyuta ishlab chiqarilishi haqida rasmiy e’lon qilinishi kutilmoqda. Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Pankin ham BRICS mamlakatlari Janubiy Afrikadagi sammitda “umumiy hisob birliklari” mavzusini muhokama qilishini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

dollar Braziliya Prezidenti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing