Braziliya Prezidenti Isroilning G‘azodagi harakatlarini Gitler jinoyatlariga qiyosladi

Olam

image

Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva Isroilning G‘azo sektoridagi tajovuzini genotsid deb atadi va uni Adolf Gitlerning harakatlariga qiyosladi. Bu haqda Braziliyaning “Canal Gov” telekanali xabar berdi.

“G‘azo sektorida Falastin xalqi bilan sodir bo‘layotgan voqealar tarixda misli ko‘rilmagan. Aniqrog‘i, bu Gitler yahudiylarni o‘ldirishga qaror qilganida sodir bo‘lgan”, degan siyosatchi Addis-Abebadagi Afrika Ittifoqining 37-sammiti chog‘ida.

Da Silvaning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektoridagi voqealar urush emas, balki genotsiddir.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi oxirida Xalqaro sud Isroil G‘azo sektorida genotsidning oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishi kerak, degan qarorga kelgandi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Xalqaro sudning ushbu qaroridan so‘ng, yahudiy davlati xalqaro huquqqa rioya qilgan holda fuqarolarni HAMASdan himoya qilish uchun harakat qilayotganini aytdi.

Bundan oldin Isroil Knesseti (parlamenti)ning konservativ “Likud” siyosiy partiyasidan o‘ng qanot a’zosi Nassim Vaturi Isroil armiyasini “G‘azo sektorini yoqib yuborishga” chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing