Braziliya Neymar uchun xayrlashuv uchrashuvini tashkil etishni rejalashtirmoqda

Sport

image

Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) hujumchi Neymarning milliy terma jamoadagi faoliyatiga bag‘ishlangan xayrlashuv uchrashuvini tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, mazkur tashabbus hozircha dastlabki muhokama bosqichida bo‘lib, qaror hali qabul qilinmagan.

Avvalroq, 34 yoshli Neymar Braziliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgan edi. U “pentakampiolar” safidagi debyutini 2010 yilda o‘tkazgan.

Neymar milliy jamoa tarkibida barcha musobaqalarda jami 130 ta uchrashuvda maydonga tushib, 80 ta gol va 59 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shu tariqa u Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Naymar Braziliya bilan birga 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan. Shuningdek, u 2012 yilgi Olimpiada va 2021 yilgi Amerika kubogida kumush medal sohibi bo‘lgan. 2013 yilda esa Konfederatsiyalar kubogini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, Neymarning terma jamoadagi so‘ngi uchrashuvi joriy yilgi Jahon chempionatining 1/8 final bosqida bo‘ldi. Mazkur bahsda Braziliya Norvegiyaga 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchrab turnir bilan xayrlashgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing