Braziliya qo‘shnisini BRICS’ga qo‘shmoqchi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 29 may kuni Braziliya Prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silva Venesuelaning BRICS’ga qo‘shilishi tarafdori ekanini aytdi. Bu haqda u venesuelalik mavqedoshi Nikolas Maduro bilan birga o‘tkazgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.

“BRICS’ga qo‘shilish istagida bo‘lgan davlatlar bo‘yicha ko‘plab takliflar bor. Biz buni muhokama qilamiz, agar rasmiy so‘rov bo‘lsa, ko‘rib chiqamiz va bir qarorga kelamiz. Agar mening fikrim sizni qiziqtirsa, men buning tarafdoriman”, degan Braziliya yetakchisi.

Ma’lumot uchun, BRICS Braziliya, Rossiya, Hindiston,  Xitoy va Janubiy Afrikani o‘z ichiga oluvchi ittifoq sanaladi. Tashkilot 2006 yil iyun oyida Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy iqtisodiyot vazirlari ishtirokidagi Sankt-Peterburg iqtisodiy forumi doirasida tashkil etilgan. 2009 yildan beri BRICS’ga a’zo davlatlar rahbarlari har yili rasmiy sammitlarda uchrashadi. BRICS’ning so‘nggi 14-sammiti 2022 yil 24 iyun kuni Xitoyda bo‘lib o‘tgan. Bu yil esa avgust oyida Janubiy Afrika Respublikasi BRICS’ning 15-sammitiga mezbonlik qiladi.

Iqtisodiy blokka Argentina, Eron, Indoneziya, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Misr kabi davlatlar qo‘shilish istagini bildirmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq 19 ta davlat BRICS guruhiga qo‘shilish niyatini bildirgani aytilgandi. ularning so‘rovlari iyun oyida Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida bo‘lib o‘tadigan assotsiatsiya Tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida muhokama qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya BRICS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing