“Bravo” va Halima Ibragimovaning litsenziyasi olib qo‘yildi
Madaniyat-san’at
−
26 fevral 2019
25535Avvalroq, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida “Badiiy so‘z san’ati va sahna mas’uliyati” mavzusida yig‘ilish o‘tkazilayotgani, unda “Bravo” jamoasining litsenziyasi olib qo‘yilishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.
Yig‘ilishda ishtirok etayotgan QALAMPIR.UZ muxbirining ma’lum qilishicha, 26 fevraldan e’tiboran “Bravo” jamoasi va aktrisa Halima Ibragimovaning litsenziyasi tugatildi.
Gap shundaki, bir necha kundan buyon ijtimoiy tarmoqlarda aktrisa Halima Ibragimovaning so‘kingani tasvirlangan videolar tarqalmoqda. "O‘zbekkonsert" DMdagi yig‘ilishda ushbu masala atroflicha ko‘rib chiqildi. "Halimaxonim, sizning butun xalq nomidan gapirishga haqqingiz yo‘q", deydi "O‘zbekkonsert" DM direktori Odiljon Abduqahhorov.
Halima Ibragimova esa o‘z navbatida so‘z olib, litsenziyasi olib qo‘yilishidan norozi emasligini bildirib, o‘zbek xalqidan uzr so‘rashini ma’lum qildi.
LiveBarchasi