Breytueyt “Barselona”ga shart qo‘ydi

Sport

image

Daniya terma jamoasi va “Barselona” klubi futbolchisi Martin Breytueyt faqat ma’lum shartlar bilan “ko‘k  anorranglilar” safini tark etishga tayyor. Bu haqda “Diario Sport” nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, hujumchi faqat qiziqarli transfer takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor. Ya’ni 31 yoshli daniyalik futbolchi "Barsa"dan Ispaniya yoki Angliyaning nufuzli klubiga o‘tishga rozi bo‘ladi. Breytueyt jadvalning quyi qismidagi jamoalarga ketishni istamayapti. Agar takliflarning hech biri Martinga mos kelmasa, “Leganes”ning sobiq futbolchisi Kataloniya klubida qolishni rejalashtirmoqda.

Qayd etish kerakki, “Barsa” rahabriyati Martinni klubda olib qolishni maqsad qilmagan. Sababi yozgi transferlar chog‘ida “ko‘k anorranglilar” hujum chizig‘ini yaxshigina kuchaytirdi. Endilikda Breytueyt klub uchun ikkinchi darajali futbolchiga aylangan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Breytueyt “Barselona” safida Ispaniya chempionatida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali daniyalik iqtidor egasini 6 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” “Transfermarkt” Martin Breytueyt

Baholaganlar

40

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing