Bredli Barkola “Liverpul” futbolchisi – Romano
Sport
−
16:29 352 1 daqiqa
Angliyaning “Liverpul” klubi PSJ va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Bredli Barkola transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Romanoning ma’lum qilishicha, transfer qiymati 140 million yevrogacha va qo‘shimcha bonuslarni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Barkola PSJ safida barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Transfermarkt” portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.
Barkola joriy yil yozda Fransiya terma jamoasi safida 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan. Fransiya terma jamoasi mazkur musobaqani to‘rtinchi o‘rinda yakunlagan edi.
Live
Barchasi