Bozordagi o‘z joyini talab qilgan ayol 15 sutkaga qamaldi
Jamiyat
−
24 aprel 2020
7864Farg‘ona viloyatining Quva tumanida tuman arxitektura bo‘limi va IIB xodimi bilan tortishib, janjallashgan bozor sotuvchisi 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Ma’muriy ishlar bo‘yicha Quva tuman sudi sud’yasi ma’lum qildi.
Kecha, 23 aprel kuni soat 10:00 larda Quva tumani Chaman qishlog‘ida yashovchi 1977 yilda tug‘ilgan B.M. (ayol), voyaga yetmagan qizi O.H. hamda shu tumanning Muruvvat ko‘chasi, 165-uyda yashovchi B.S. (ayol) bilan Quva tuman markazida bozorga chiqadigan ayollar bilan to‘planishadi. Ular tuman arxitektura va qurilish bo‘limi xodimlarini ish faoliyatiga aralashib, unga bozordan joy berishini talab qilishadi. Arxitektura xodimlari esa bozordagi joylar tartibli etib qurilayotgani, 3-4 kunda ushbu rastalar ularga topshirilishini aytgan. Shunda B.M.eski turar joyi, ya’ni yo‘lni ustidagi o‘sha tartibsiz joyda sotuvchilik qilishini aytib, ko‘pchilik oldida o‘zini ko‘rsatgan.
Uning harakatlarini ko‘rib turgan IIB xodimlariga esa Quva tuman bozoriga chiqadigan ayollar faqat uning gapiga quloq solib ish tutishlarini aytgan.
Bundan tashqari, B.M. “Karantin davrida uyida hech vaqosi qolmaganini, zerikkanini, shuning uchun ko‘chada, aynan xohlagan joyida savdo qilishi mumkinligini aytadi. U bilan bozorda sotuvchilik qiluvchi ayollarni to‘plab, IIB xodimining qonuniy talablarini bajarmay, voyaga yetmagan qizi bilan birga IIB xodimlarini so‘kib, jamoat joyida huquqbuzarlik sodir qiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 23 aprel 2020 yil kuni ushbu ma’muriy ish Quva tuman sudida ko‘rib chiqilib, sud huquqbuzarlar B.M.ga 15 sutka ma’muriy qamoq, B.S.ga 1 115 000 so‘m jarima jazosi tayinlagan.
LiveBarchasi