Bojxona xodimlarining farzandlariga o‘qishga kirishi uchun alohida kvota ajratiladi – Prezident
Jamiyat
−
17 fevral 2022
4202Endi bojxona xodimlari va ularning farzandlari uchun oliy o‘quv yurtlariga kirishda alohida kvota ajratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022 yilda bojxona ma’murchiligini yanada takomillashtirish va sohani korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda aytib o‘tdi.
Yig‘ilishda, xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish chora-tadbirlari belgilab berildi. Unga ko‘ra, Olot, Guliston, Termiz va boshqa hududlardagi olis postlarda ishlaydigan xodimlar uchun xizmat uylari barpo etiladi. Joriy yilda uy-joyga ehtiyoji bor 100 nafar va har yili kamida yana shunchadan xodim imtiyozli ipoteka bilan ta’minlanadi.
Shuningdek, bojxona xodimlari va ularning farzandlari uchun oliy o‘quv yurtlariga kirishda alohida kvota ajratiladi.
“Yana bir masala – bugungi kunda bojxona organlarida ayollarning ulushi bor-yo‘g‘i 8 foizni tashkil etadi. Sohada adolat, halollik va tartibni joriy qilishni xohlar ekanmiz, tizimga ayol xodimlarni jalb qilish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishimiz shart", dedi davlat rahbari.
Shu munosabat bilan kelgusi ikki yilda ayollar ulushini kamida 2 barobarga oshirish bo‘yicha ishlarni hozirdan boshlash vazifasi qo‘yildi.
LiveBarchasi