“Boylik baxt keltirmaydi”. Yevropaning “eng baxtsiz” davlatlari e’lon qilindi

Olam

image

YeIning "eng baxtli" va "baxtsiz" mamlakatlari ro‘yxati e’lon qilindi. Ro‘yxat Yevropa Ittifoqining rasmiy statistika agentligi Eurostat tomonidan tashkilotga a’zo mamlakatlar aholisining o‘z hayotidan qanchalik mamnunligi o‘rganilgan holda tuzilgan. 

Shuningdek, so‘rovnomada qatnashgan shaxslardan kelajak haqida qanchalik optimistik yoki vaziyatga qarab, qanchalik pessimist ekani so‘ralgan.

Yevropaning eng baxtli mamlakati deb Yevropaning markazida joylashgan Avstriya davlati topilgan. Birinchi uchlikdan ittifoqning eng qashshoq davlatlaridan biri bo‘lgan Polsha va Ruminiya ham joy olgan. 

Qizig‘i Yevropa Ittifoqining eng boy davlatlaridan biri bo‘lgan Germaniya ro‘yxatning oxiridan ikkinchi o‘rinda turibdi. Eng quyi pog‘onadan esa Bolgariya joy olgan.

Bundan ko‘rinib turibdiki “Mamlakat qanchalik boy bo‘lsa, xalqi shunchalik baxtli bo‘ladi”, degan taxmin o‘zini oqlamaydi. Germaniya 27 davlat orasida eng kuchli iqtisodiyotga ega, ammo baxt nuqtai nazaridan unchalik havas qilarli emas.

Buning o‘rniga, tadqiqotda yosh, ta’lim darajasi, oilaviy va moliyaviy ahvol kabi omillar boylikdan farqli o‘laroq, yashashdan umumiy qoniqishning ko‘prog‘ini ko‘rsatishi ma’lum bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda baxt indeksida 7,1 ball to‘plagan Germaniyada joriy yilda bu nisbat 6,5 ga tushgan. Kyolnda joylashgan Reynold Instituti o‘tgan hafta e’lon qilingan so‘rovnomada ham nemislarning katta qismi “tashvishli, befarq va odamovi” ekanligi aytilgan.

Germaniya iqtisodiy turg‘unlikdan tashqari, Ukrainadagi urush, immigratsiyaning misli ko‘rilmagan o‘sishi kabi muammolari bilan ham kurashmoqda.

Bolgariya, Ruminiya, Litva, Slovakiya, Portugaliya, Vengriya, Xorvatiya, Kipr, Germaniya va Sloveniyada shahar aholisi hayotdan ko‘proq mamnun ekanliklarini aytishgan bo‘lsa, Malta, Avstriya, Finlyandiya, Niderlandiya, Belgiya, Irlandiya, Shvetsiya, Daniya va Lyuksemburgda qishloq aholisi o‘zlarini ko‘proq baxtli hisoblashi aniqlangan.

Boshqa tomondan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi 16-29 yoshdagi odamlar 65 yoshdan oshganlarga qaraganda hayotdan qoniqish darajasi yuqoriroq bo‘lgan. 

Shuningdek, farzandli oilalar, yolg‘iz oilalarga qaraganda baxtliroq ekanini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy Osiyo davlatlarining farovonlik darajasi bo‘yicha reytingi e’lon qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa eng baxtli baxtsiz davlat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing