Boyovutdagi traktor parkida qimorxona tashkil etilgani aniqlandi

Jamiyat

image

Boyovutda qimorxona tashkil etgan fuqarolarning faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.M. va boshqalar Boyovut tumanidagi eski traktor parki binosida qonunga xilof ravishda qimor va tavakkalchilikka asoslangan xo‘roz urishtirish o‘yinini tashkil etib, ushbu o‘yinga fuqarolarni jalb qilgan holda o‘yinga kirish uchun har bir kishidan ma’lum miqdorda pul yig‘ib olib, qimorxona tashkil etganlari aniqlangan. 

Shuningdek, M.M.ning turmush o‘rtog‘i M.Sh. nomiga berilgan faoliyat turi sifatida “Milliy o‘yinlar tashkillashtirish” deb ko‘rsatilgan guvohnoma, aslida “Tashkilotlar uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tayyorlash xizmati” uchun berilgan bo‘lib, M.M. tomonidan qimorxona tashkil qilish maqsadida soxtalashtirilganligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, qimor va boshqa tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish Jinoyat kodeksining 278-moddasida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing