Botir Zokirov Qurilish vaziri lavozimiga tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga rahbar tayinlandi. Bugungacha Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Botir Erkinovich Zokirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 31 avgustdagi Farmoniga binoan Qurilish vaziri lavozimiga tayinlangan. 

Botir Zokirov 1963 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 

1988 yilda Toshkent politexnika insitutini tamomlagan. 

1980-1983 yillarda Toshkent asbobsozlik zavodida yig‘uvchi-chilangar;

1985-1990 yillarda “Toshsantexgazmontaj” trestining 1-montaj boshqarmasi chilangar-santexniki;

1990-1993 yillarda “Toshkentboshqurilish” korparatsiyasiga qarashli 12-qurilish trestining 49-qurilish boshqarmasi masteri, ish boshqaruvchisi;

1993-1994 yillarda 12-trestining 50-qurilish boshqarmasi bosh muhandisi;

1994-1996 yillarda 12-trestining 51-qurilish boshqarmasi boshlig‘i;

1996-2011 yillarda “Trest 12” OAJ boshqaruv raisi;

2011-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlagan. 

2018 yilning aprel oyidan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Botir Zokirov nomzodini ma’qullagan edilar.


Maqola muallifi

Teglar

Qurilish vazirligi Botir Zokirov

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing