“Botafogo” Anchelottining o‘g‘lini iste’foga chiqardi

Sport

image

Braziliyaning “Botafogo” klubi Davide Anchelottining asosiy jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etganini rasman ma’lum qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o‘g‘li bo‘lgan Davide Anchelotti bilan hamkorlik joriy yilning 17 dekabr kuni o‘tkazilgan ichki yig‘ilishlardan so‘ng yakunlangan.

Shuningdek, murabbiylar shtabidagi jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Luka Gerra hamda yordamchi murabbiylar Luis Tevenet va Endryu Manganham klubni tark etgan.

“Botafogo” Davide Anchelottiga jamoani boshqargan davridagi professionalligi va fidoyiligi uchun minnatdorchilik bildiradi hamda kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi. Yangi murabbiylar shtabi yaqin vaqt ichida e’lon qilinadi”,  deyiladi klub bayonotida.

“Globo” nashrining xabar berishicha, Anchelottining ketishiga sabab murabbiylar shtabidagi kelishmovchiliklar bo‘lgan. Xususan, fitnes murabbiyi Luka Gerra futbolchilar orasida mushak jarohatlari ko‘paygani sababli ishdan bo‘shatilganidan so‘ng Davide Anchelotti norozilik bildirgan. Mutaxassis butun murabbiylar shtabi saqlab qolingan taqdirda klubda qolishini ma’lum qilgan, biroq rahbariyat bu shartni qabul qilmagan.

Ma’lumot uchun, 2025 yil iyun oyida 36 yoshli Davide Anchelotti otasi Karlo Anchelotti boshchiligidagi Braziliya terma jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ish boshlagan edi. Oradan bir oy o‘tib, u milliy jamoani tark etib, “Botafogo” bosh murabbiyiga aylangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya “Botafogo” Davide Anchelotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing