Botsvanadan topilgan olmos dunyoda uchinchi o‘rinni egalladi
Olam
−
17 iyun 2021
4837Afrikaning Botsvana davlatida 1098 karatli olmos topildi. Qimmatbaho tosh Afrikadagi eng yirik olmos ishlab chiqaruvchi “Debswana Diamond” kompaniyasi tomonidan “Jwaneng” konidan qazib olindi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Mamlakat Prezidenti Mokgvittsi Masisiga namoyish etilgan ulkan qimmatbaho tosh 2015 yilda Botsvanada topilgan dunyodagi ikkinchi eng katta olmosdan ozgina og‘irroq. Mazkur toshga haligacha nom berilmagan.
“Olmos Debswana'da 50 yildan beri qazib olinayotgan qimmatbaho toshlar ichida eng yirigidir. Bizning dastlabki tahlilimizga ko‘ra, bu olmos dunyoda uchinchi o‘rinni egallashi mumkin”, deydi “Debswana Diamond” kompaniyasi direktori vazifasini bajaruvchisi Laynet Armstrong.
Toshning potensial qiymatini baholash hali e’lon qilinmagan, ammo 2017 yilda topilgan ikkinchi yirik olmos Lesedi La Rona 53 million dollarga (39,5 million funt) sotilgan. Hozirgacha eng katta olmos 1905 yilda Janubiy Afrikada topilgan 3106 karatli Cullinan olmosidir.
Islomjon Omonjonov
LiveBarchasi