Bosniya va Gersegovinaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi

Jamiyat

image

Ivan Orlich Bosniya va Gersegovinaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.

Qayd etilishicha, Baxtiyor Saidov Bosniya va Gersegovinaning O‘zbekistondagi birinchi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qilgan.

“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yanada jadal rivojlantirishga bo‘lgan samimiy intilishni qadrlaymiz. Darhaqiqat, ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama, ayniqsa, iqtisodiy sohada samarali hamkorlik qilish uchun ko‘plab imkoniyatlarni ko‘rmoqdamiz. Janob elchiga mamlakatdagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz”, deydi vazir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi Zelandiyaning Rossiyadagi sobiq elchisi O‘zbekistonga elchi bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston elchisi Bosniya Gersegovina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing