Bosqinchilar “Manchester Siti” futbolchisini uyida kaltakladi

Sport

image

“Manchester Siti” futbolchisi Joau Kanseluning uyiga to‘rt nafar bosqinchi hujum qildi. Bu haqda sportchi Instagram’da ma’lum qildi.  

Kanseluning ta’kidlashicha, bosqinchilar uning barcha qimmatbaho buyumlarini olib ketgan va uni kaltaklagan. U postga yuzidagi yaralar aks etgan fotosuratni ilova qilgan.

“Qanday qilib bunchalik yomon bo‘lish mumkinligini bilmayman. Hayotimdagi juda ko‘p to‘siqlardan so‘ng, bu yengishim kerak bo‘lgan yana bir to‘siq. Har doimgidek baquvvat va kuchli”, deb yozgan futbolchi.

Ma’lumot o‘rnida, Kanselu “Manchester Siti”ga 2019 yilda Italiyaning “Yuventus” klubidan kelib qo‘shilgan. Joriy mavsumda himoyachi Premer-liganing 19 ta uchrashuvida qatnashib, bitta gol urgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kanselu

Baholaganlar

562

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing