Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun darsliklar vazni 300 gramdan oshmasligi belgilandi

Jamiyat

image

Hukumat qarori bilan “Ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi talablarini belgilashning umumiy texnik reglamenti” tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Reglament bilan quyidagilar belgilandi: 

•  maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus hamda professional ta’lim sohasida foydalaniladigan matbaa mahsulotlarining xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar;
•  yozuv uchun mo‘ljallangan matbaa mahsulotlariga ko‘yiladigan xavfsizlik talablari;
•  o‘quv nashrlari va qo‘shimcha ta’lim uchun nashrlar xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar;
•  nashrlarni qadoqlashga doir talablar;
•  matbaa mahsulotini identifikatsiyalash, namunalarni tanlash va nazorat qilish uslublari.

Jumladan, umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus hamda professional ta’lim uchun o‘quv nashrlarida tor yoziladigan shriftlar qo‘llash mumkin emas.
Shuningdek, ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlarida gazeta qog‘ozi va yaltiroq qog‘ozdan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yosh toifasiga qarab nashrlar:
•  1-4-sinflar;
•  5-9-sinflar;
•  10-11-sinflarga mo‘ljallanadi.

Nashr vazni darsliklar uchun:

•  1-4-sinflar uchun 300 gramdan;
•  5-6-sinflar uchun 400 gramdan;
•  7-9-sinflar uchun 500 gramdan;
•  10-11-sinflar uchun esa 600 gramdan oshmasligi kerak.

1-4-sinflar uchun adabiyotlarda rangli bo‘yoqlar, shriftni belgilash, chizilgan shriftlar, ko‘p ustunli terish qo‘llanilmaydi. Reglament rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach amalga kiritiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing